Biz, mana 12 yildan buyon kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazamiz va ular uchun buxgalteriya xisobotlarini yuritamiz. Bu davr mobaynida biz uzoqni ko‘zlagan biznes g‘oyalar, ajoyib jamoa va boshlang‘ich kapitalning mavjudligiga qaramasdan yuzlab kompaniyalarning ochilgani va yopilganining guvohi bo‘ldik.
Biz o‘z faoliyatini boshlayotgan tadbirkor bilan kompaniya ro‘yxatga olingunga qadar o‘tkazilgan maslahatlashuvlarda har doim quyidagi beshta holatni muhokama qilamiz.
Hamkorlar bilan oldindan kelishib olmaslik
Biznesni yakka tartibda ochishga, ko‘pincha hamma ham jur’at qilavermaydi, shuning uchun ham ko‘pchilik ishni do‘stlari, qarindoshlari va boshqa hamkorlar bilan boshlaydi.
Bunday hollarda barcha shartlarni biznes boshlangunga qadar ochiq kelishib olish juda muhimdir. Bu shartlarga quyidagilar kiradi:
• Jamoaning har bir ishtirokchisi o‘rtasida vazifalarning aniq belgilanishini
• Kim rahbar bo‘lishi va ohirgi qarorni qabul qilishi haqida kelishib olish
• Ta’sischilarning chiqib ketish va yangilarining kirish shartlarini muhokama etish.
Har bir ishtirokchi uchun muhim bo‘lgan boshqa masalalarga ham oydinlik kiritish zarur. Jamoaning butun borlig‘i g‘ayrat va ishtiyoqqa to‘la bo‘lgan barcha a’zolari dastlab, ko‘p hollarda jamoaning tarqalib ketishiga, va natijada biznesning o‘zini ham barbod bo‘lishiga olib keladigan ba’zi kichik omillar haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmaydilar
Biz barcha shartlarni nafaqat muhokama etishni, balki ularni yozib qo‘yishni tavsiya qilamiz. Vaqt o‘tishi bilan ahdu paymonlar ham unutilishi mumkin, qog‘ozdagi kelishuv esa har doim ortiqcha bahslarga barham berishga ko‘maklashadi. Shunday qilib siz nafaqat biznesni, balki o‘zaro yaxshi munosabatlaringizni ham asrab qolishingiz mumkin.
Moliyaviy hisob-kitoblar yo‘q
Ba’zida biznes g‘oya shunchalik jozibador bo‘lib ko‘rinadiki, u go‘yo aniq “nishonga uradi” va go‘yo mijozlar hoziroq qarshingizda navbatga saflanishga tayyordek tuyuladi.
Bizga maxsulotimizni juda sifatli va juda arzon qila oladigandek va narh hisobiga bozorning boshqa ishtirokchilari bilan raqobatlasha oladigandek bulib ko‘rinadi. Biroq ko‘plab hollarda boshlovchi tadbirkorlar quyidagi singari muammolar bilan yuzma-yuz keladilar:
• Tannarxni xato hisoblash va buning oqibatida kelib chiqadigan noto‘g‘ri baho chiqarish
• Sotuvning unchalik faol ketmayotgani tufayli pul yetishmasligi, yetkazib beruvchilar esa mudom pul talab etishi
• Barcha mulkni arzon-garovga sotishga majburlaydigan bir olam qarzlar
Biz biznesni boshlab yuborishga shoshilmaslikni, hisob-kitoblarga, rejalarni puxtalashtirishga ko‘proq e’tibor va vaqt sarflashni tavsiya etamiz. Balki hatto maxsus kurslardan o‘tish yoki ekspertlar maslahatlarini olish kerak bo‘lar.
Moliyaviy va huquqiy savodxonlik yetishmasligi
Ko‘pincha boshlovchi tadbirkorlar firma ochib, ishni boshlab yuborishga shoshiladilar. Lekin o‘z-o‘zidan kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish bu – juda oddiy ishga aylangan.
Siz biznesni tashkil etish bo‘yicha javobgarlikni bo‘yningizga olishingiz bilan darhol faoliyatni tartibga soladigan turli qonun aktlariga amal qilish majburiyati paydo bo‘ladi. Agar siz ular bilan tanish emas ekansiz – otning kallasidek jarimalarga tayyor turing.
Biz biznesni boshlash oldidan quyidagi singari bir necha g‘oyat muhim hisoblangan masalalarni o‘zingiz uchun oydinlashtirib olishingizni maslahat beramiz:
• Sizning faoliyatingizni qaysi me’yoriy hujjatlar qat’iy belgilab berishi, biznesni olib borishda ularga to‘liq amal qilishni
• Tadbirkorlik faoliyatida qanday jarimalar mavjud va ularning solinishini qanday chetlab o‘tishni
• Qaysi soliqlarni siz to‘lashingiz kerak va qanday hisobotlar topshirilishi zarurligini
• Sizning kompaniyangizda hujjatlar aylanishi qanday bo‘lishi kerakligini
Bularning barchasini o‘zingiz mustaqil bajarishingiz shart emas, siz ekspertlarga murojaat etishingiz, xodim yollashingiz yoki barchasini autsorsga topshirishingiz mumkin.
Sabr-bardoshingiz yetmaydi yoki sabr-bardoshingiz cheksiz bo‘lsa
Odatda, boshlovchi tadbirkorlar qiynchiliklar bilan yuzma-yuz kelar ekan, ikkita mutlaqo qarama-qarshi pozisiyani egallab oladilar:
• o‘zlarining bizneslariga g‘oyat rujo‘ qo‘yadilar, zararlar va boshqa salbiy ko‘rsatkichlar ko‘ziga ham ko‘rinmaydi
• darhol foyda olmasalar ishni davom ettira olmaydilar
Biz holatga odilona qarashga va oqilona qarorlar qabul qilishga yordam beradigan maqsadli ko‘rsatkichlarni to‘plashni maslahat beramiz.
Agar, harqalay vaziyatni odilona baholab bo‘lmasa yanada tajribaliroq tadbirkorlarga murojaat etish, maslahat so‘rashdan uyalmaslik kerak.
Ekspertlarning pullik konsul’tasiyalari o‘rniga tekin maslahatlar
Mohir tadbirkorning yaxshi maslahati – doimo foydali.
Biroq ko‘pgina holarda boshlovchi tadbirkorlar maslahatni biznesga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan odamlardan: do‘stlari, qarindoshlari, qo‘shnilaridan olib, shu bo‘yicha ish yuritadi.
Quyidagi holatlar ham tez-tez uchrab turadi:
• Tadbirkor shartnomani huquqshunosga buyurtma qilish o‘rniga bu hujjatga tanishining qachonlardir oshxonasiga mebel buyurtma qilgani uchun tuzilgan shartnomasini asos qilib oladi. Shartnoma shartlari uning biznesiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi, uning huquqlari himoyalanmaydi. Hozirgi kunda u mijoz bilan ishni ko‘rish uchun sudga qatnashga majbur bo‘lmoqda.
• Bundan 20 yil ilgari biznes boshlagan qo‘shni, tadbirkorni – agar foyda olmas ekan, soliqni to‘lashning keragi yo‘qligiga ishontiradi. Bunday yo‘l tutish tadbirkorning o‘ziga ham to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lib ko‘rindi. Natijada u soliq to‘lashdan bosh tortgani uchun ko‘pmillionli jarimani, buning ustiga soliqni ham to‘laydi.
Bu singari holat ko‘plab pulni bekorga yo‘q bo‘lib ketishiga, boshlang‘ich davrda esa biznesning yopilib ketishiga olib keladi.
Biz barcha muhim masalalar bo‘yicha malakali mutaxassislardan maslahatlar olish va muvaffaqiyatli biznesingizni rivojlantirishingiz tarafdorimiz!