Kompaniyani qaysi holatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish kerak

Maslahatlar berayotgan paytda ko‘pincha bizdan kompaniyani qaysi holatlarda  davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazish kerakligi haqida so‘raydilar.

Muddatlarini ham ko‘rsatgan holda, shu davr mobaynida ro‘yxatdan o‘tish va qayta ro‘yxatdan o‘tish ishlarini amalga oshirish haqida  kichikroq eslatma berishga  qaror qildik. 

E’tibor bering, jarimalar, shu jumladan  ro‘yxatdan o‘tish va qayta ro‘yxatdan o‘tish borasidagi ma’lumotlarni bermaganlik uchun ham mavjud.

Vazirlar  Mahkamasining 09.02.2017 yildagi (№ 66) “Tadbirkorlik  sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish  tartibi” to‘g‘risidagi   Nizomida  davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish)ga sabab  bo‘ladigan  o‘zgartirish va qo‘shimchalar  ro‘yxati ko‘rsatilgan.

Т/р

Ro‘yxatdan o‘tkazish ma'lumotlarining nomi

Amalga oshirish muddati

TADBIRKORLIK SUB'EKTLARI - YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR

1

Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik sub'ekti ishtirokchilari tarkibidagi o‘zgarishlar

o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida

2

Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini amalga oshirish joyining o‘zgarishi

o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida

3

Oilaviy tadbirkorlik sub'ekti faoliyati turidagi o‘zgarishlar (qo‘shimchalar), yo‘nalishidagi o‘zgarishlar

o‘zgargan paytdan boshlab 30 kun mobaynida

4

Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazish ma'lumotlaridagi, shu jumladan faoliyat turidagi, yo‘nalishidagi o‘zgarishlar (qo‘shimchalar)

o‘zgargan paytdan boshlab 30 kun mobaynida

TADBIRKORLIK SUB'EKTLARI - YuRIDIK ShAXSLAR

5

Joylashgan joyining (pochta manzilining) o‘zgarishi (bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda)

o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida

6

Ta'sis hujjatlari ma'lumotlaridagi, shu jumladan ta'sis hujjatlarining firma nomlaridagi, tashkiliy-huquqiy shakllaridagi, ustav fondi miqdoridagi, muassislar tarkibidagi, shuningdek boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar (qo‘shimchalar)

tegishli o‘zgarishlar vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab 30 kun mobaynida

7

Muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno

tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida

8

Tadbirkorlik sub'ektlarining qayta tashkil etilishi (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish, ajratib chiqarish)

qayta tashkil etilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar