Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan  soliqlar bo‘yicha  imtiyozlar

2022 yil 22 iyuldagi 785-Qonunga asoan bir necha yangi imtiyozlar joriy etilgan.  Ushbu imtiyozlarni qo‘llash to‘g‘risida Moliya  Vazirligi   qo‘shimcha axborot xabar  e’lon qildi.

Bolalar ta’limiga imtiyozlar

1 aprel 2022 yildan nodavlat maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tashkilotlariga  yuborayotgan   ota-onalarga imtiyozlar berildi.  Har bir bola uchun ularning 3 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etildi.

Imtiyozni qanday olish mumkin

•          Agar ta’limning pulini to‘lagan bo‘lsangiz, soliq xizmatiga  deklaratsiya taqdim etishingiz mumkin.

•          Ish joyiga shartnoma taqdim etishingiz mumkin, ish beruvchi jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan  soliqni imtiyozni ko‘zda tutgan tarzda  hisoblab chiqadi.

Masalan, maktabgacha ta’limning narxi shartnoma bo‘yicha  2 mln so‘mni tashkil etadi, imtiyozning eng katta miqdori 3 mln so‘m. 

Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan  soliqlar bo‘yicha  imtiyoz 120 000 so‘m = (3mln – 2mln) x 12%

 22 iyul’ 2022 yildan ba’zi toifadagi  shaxslar uchun  tekin o‘qitish narxi jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan  soliqlardan ozod etiladi

Kim bepul ta’lim olishi mumkin:

•          Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim tashkilotlarida  ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlari bepul o‘qiydilar. Ta’lim tashkilotlari ularni bepul o‘qitishga tanlov asosida muassasadagi jami o‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda  qabul qilishlari kerak. (Prezidentning 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3276-sonli “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori)

•             Maktabgacha ta’lim  beradigan tashkilotlarda tarbiyalanayotgan (o‘qitilayotgan) maxsus kontingentdan bo‘lgan tarbiyalanuvchlar davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida pulsiz o‘qitiladi.

Imtiyozni qanday qo‘llash kerak

Ilgari bunday bepul o‘qitish narxi o‘quvchilar ota-onalarining moddiy manfaati,    daromadi  sifatida  ko‘rilar va unga  jismoniy shaxs daromadi sifatida 12 foiz soliq  to‘lanishi  kerak edi.

Ish beruvchilar uchun imtiyozlar

26 iyul’ 2022 yildan tashkilot o‘z xodimlari va ularning oila a’zolari uchun madaniy tadbirlarga daromad solig‘i  yoki aylanma solig‘i bo‘yicha  soliq bazasini  kamaytirib to‘lashlari mumkin

Tashkilotning o‘z xodimlari va ularning oila a’zolari uchun madaniy-ommaviy va konsert-tomosha  tadbirlari uchun chiptalar olib berish xarajatlari daromad solig‘i  yoki aylanma solig‘i bo‘yicha  soliq  solinadigan bazani kamaytirishi mumkin.

Imtiyoz  miqdori tashkilotning tovarlar (xizmatlar) realizasiyasidan olgan daromadlarining  0,5 foizi miqdorini tashkil etadi.

Imtiyozlar qanday hisoblab chiqiladi

Masalan, realizasiyadan  tushgan daromad  1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bu puning  0,5 foizi –  5 mln so‘m.

Agar tashkilot o‘z xodimlari va ularning oila a’zolarining madaniy tadbirlariga shu miqdor atrofidagi pulni yo‘naltirgan bo‘lsa undan soliq bazasini kamaytirish yo‘li bilan foyda solig‘i (yoki aylanma solig‘i)  olinmaydi.

Jismoniy shaxslar-norizidentlarning O‘zbekistondagi manbalardan olgan daromadlaridan olinadigan  soliqlar stavkasi  kamaytirildi

1 may 2022 yildan soliq stavkasi  20 foizdan –   12 foizgacha kamaytirildi

Masalan, norezidentning bir oylik daromadi 1000 sh.b. ni tashkil etadigan bo‘lsa, byudjetga 200 sh.b. to‘langan. Hozir ushlab qolinadigan pul miqdori 120 sh.b ni tashkil qiladi.

Qaysi daromadlarga 12  foizlik stavka qo‘llaniladi

12 foizlik stavka – mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy  xarakterdagi shartnoma  bo‘yicha olingan daromadlarga, shuningdek  dividendlar, foizlar va yuk tashishdan olingan daromadlardan tashqari boshqa daromadlarga qo‘llaniladi. 

Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan talabalarning ba’zi daromadlari ozod qilinadi

22 iyul’  2022 yildan  jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan talabalarning oliy ta’lim beradigan  tashkilotlar hududida tashkil qilgan  xizmatlaridan olgan daromadlari ozod etiladi:

•          Pullik o‘quv kurslari;

•          Sport to‘garaklari;

•          Boshqa ta’lim xizmatlari.

Masalan, talaba  o‘zi o‘qiyotgan universitet hududida sport to‘garagi tashkil qildi, bundan 5 mln so‘m ishlab topdi. Talabaning daromadi bo‘lgan mana shu 5 mln so‘mdan soliq to‘lanmaydi. 

Imitiyozni qanday olish mumkin

Imtiyozni olishi uchun talaba o‘zini band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak:

•          maxsus mobil ilova orqali;

•          soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali;

•          soliq xizmatida

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar