O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinng 1 dekabr 2017 yildagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida soliq imtiyozlari joriy etilgan. Bu ijtimoiy qo‘llab quvvatlashning va soliq rag‘batining nodir mushtarakligidir!
Qat’iy belgilangan soliqning imtiyozli stavkalari
2018 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilgan.
Har bir xodimga imtiyozli stavka
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun – bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilgan.