Firmalarni ro‘yxatga olishdagi aynan o‘xshash 5 xatolik

1. Tashkiliy-huquqiy shaklni noto‘g‘ri tanlash

 O‘zbekistonda biznesning: yakka tartibdagi tadbirkor, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ),  o‘zini band etish va oilaviy tadbirkorlik singari turli shakllari mavjud. Ushbu har bir shaklni o‘ziga xos  yaxshi va nomaqbul jihatlari bor. Masalan, MChJ ta’sis etuvchilarning shaxsiy aktivlarini himoya qiladi, ammo ko‘plab hujjatbozlik va tez-tez hisob berib turish talab etiladi. Bu yo‘nalishlarning har birini o‘rganib chiqish va ularning  o‘z biznesingizga ko‘proq to‘g‘ri keladiganini tanlashingiz kerak. 

Ro‘yxatga turish borasidagi mijozlarimiz bilan maslahatlashuvlarda biz ularning biznesi kelajagini, bu harakatning uziga xos tomonlarini muhokama etamiz va eng maqbul tashkiliy-huquqiy shaklni tavsiya etamiz.

2. Soliqqa tortish tizimini noto‘g‘ri tanlash

Soliqqa tortish tizimi O‘zbekistonda murakkab va chalkash, sohaga endigina qadam qo‘yayotgan odam uni mustaqil ravishda anglab olishi qiyin. Shu bois barcha mavjud yo‘nalishlarni o‘rganishingiz  va o‘zingizning biznesingizga yaxshiroq mos keladigan yo‘lni tanlashingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tish ishlarini yakuniga yetguniga qadar maslahatlar olish uchun mutaxassislarga murojaat eting.

Odatda, ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha maslahatlarda biz barcha mavjud imtiyozlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda mijozlarimizga soliqqa tortishning eng maqbul yo‘nalishini tanlashga  yordam beramiz.

3. Hujjatlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirish

Kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazganingizdan keyin davlat organlarida hisobga turish zarur bo‘ladi. Bu tadbirni amalga oshirish uchun atigi 10 minut kifoya qiladi, ammo hisobga noto‘g‘ri qo‘yganlik uchun jarima katta bo‘ladi va bu biznesingizga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin barcha hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgani va tegishli joylarga  o‘z vaqtida yetkazib berilganini yana bir bor tekshirib chiqing.

Biz mijozga yangi kompaniyani ro‘yxatga olishda yordam berayotganimizda, odatda barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirishni o‘z zimmamizga olamiz, mijozimizga qoladtigan ish – faqat uni imzolashdan iborat bo‘ladi. 

4. Haddan tashqari erta ro‘yxatdan o‘tish

Biznesni oyoqqa qo‘yishda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish – hal etuvchi qadamdir. Firmani ro‘yxatga qo‘yishdan avval bozorni o‘rganish, mahsulot va xizmatni tayyorlash va barcha hisob-kitoblarni qilib chiqish kerak bo‘ladi. Ishning bu bosqichlarini yakunlagunga qadar kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish ortiqcha xarajatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Maslahatlarda biz loyihangiz qaysi bosqichda ekanligini aniqlashga yordam beramiz hamda ortiqcha xarajatlarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yakunlagunga qadar nimalar qilish zarurligi haqida  tavsiyalar beramiz. 

5. Hamkorlar o‘rtasida yozma kelishuvlar tuzilmaganligi

Odatda, ko‘pgina kompaniyalar do‘stlar, qarindoshlar yoki hamkasblar bilan hamkorlikda  tashkil etiladi. Dastlab barcha shartlar ochiq-oydin va tushunarlidek bo‘lib ko‘rinadi. Ammo shunday kompaniyalarning ko‘pchiligi hamkorlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli yopilib ketadi. Shuning uchun ham hamkorlikning barcha jihatlari o‘z vaqtida muhokama etilib, rasmiy hujjatlarga kiritib qo‘yilishi juda muhim hisoblanadi. 

Vazifalarning taqsimlanishi, foydani bo‘lib olish shartlari, ta’sischilarning kirishi va chiqib ketishi singari masalalarni muhokama eting va yozib qo‘ying, hal etuvchi asosiy qarorni kim qabul etishini aniqlab oling. Biz bu singari qarorlarni, shuningdek firma ochilishida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan  Ta’sis shartnomasida aks ettirishni tavsiya etamiz.

Bizning tashkilot yangi kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qariyb 14 yildan buyon muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritib keladi. Shu bois kompaniyamiz mahalliy hamda horijiy kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi xavf-xatarlar, ya’ni kutilmagan qiyinchiliklar bilan yaxshi tanish. 

Kompaniyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘p hollarda boshlovchi tadbirkorlar yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli pullarini yo‘qotayotganliklarini yaxshi bilamiz. Ishonchimiz komilki, bizning maslahatlarimiz sizni bir xildagi xatoliklarga yo‘l qo‘yishdan, jarimalardan xalos etadi va biznesdagi yo‘lingiz yorqin va samarali bo‘ladi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar