Soliqqa tortish maqsadlarida har yili jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mulkni ijaraga berishda qo‘llaniladigan minimal ijara haqi stavkalari belgilanadi.
Ya’ni, jismoniy yoki yuridik shaxs belgilangan minimal stavkalardan past narxda ijaraga berish huquqiga ega, biroq soliq hisob-kitobi minimal ijara to‘lovlari summasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Istisno — faqat yaqin qarindoshlar o‘rtasida ko‘chmas mulkni beg‘araz foydalanishga berish shartnomalari bo‘yicha.
E’tibor bering:
2026 yilda Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi ko‘chmas mulk va avtomobillarni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun minimal ijara haqi stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqladi. Oshiruvchi koeffitsiyentlar faoliyat turlari va zonalar bo‘yicha taqsimlangan.
Toshkent shahrida noturar joylar uchun 1 kv.m. ijara haqi bo‘yicha minimal summa
| Zona | Ombor | Ishlab chiqarish | Hunarmandchilik | Xizmat | ||||
| 1. | 1,5 | 72 000 | 1,4 | 67.200 | 1,4 | 67.200 | 1,9 | 91 200 |
| 2. | 1,4 | 67.200 | 1,3 | 62 400 | 1,3 | 62 400 | 1,9 | 91 200 |
| 3. | 1,3 | 62 400 | 1,2 | 57 600 | 1,2 | 57 600 | 1,6 | 76,800 |
| 4. | 1,2 | 57 600 | 1,1 | 52 800 | 1,1 | 52 800 | 1,5 | 72 000 |
| 5. | 1,1 | 52 800 | 1,0 | 48 000 | 1,0 | 48 000 | 1,4 | 67.200 |
| Zona | Umumiy ovqat | Boshqalar | Savdo | Ofis | ||||
| 1. | 1,9 | 91 200 | 1,9 | 91 200 | 1,9 | 91 200 | 1,9 | 91 200 |
| 2. | 1,8 | 86 400 | 1,9 | 91 200 | 1,9 | 91 200 | 1,9 | 91 200 |
| 3. | 1,6 | 76,800 | 1,7 | 81 600 | 1,9 | 91 200 | 1,9 | 91 200 |
| 4. | 1,4 | 67.200 | 1,5; | 72 000 | 1,8 | 86 400 | 1,7 | 81 600 |
| 5. | 1,3 | 62 400 | 1,3 | 62 400 | 1,7 | 81.600 | 1,4 | 67.200 |
Yashash uchun mo‘ljallangan xonalar bo‘yicha 1 kv. m uchun ijara haqining minimal summasi
| Зона | Koeffitsiyent | 1 kv. m uchun eng kam miqdor, so‘mda |
| 1. | 1,9 | 57 000 |
| 2. | 1,9 | 57 000 |
| 3. | 1,9 | 57 000 |
| 4. | 1,8 | 54 000 |
| 5. | 1,7 | 51 000 |
Toshkent shahrida transport vositalarini ijara berishda ijara haqi bo‘yicha minimal stavkalar
| Transport turi | Eng kam miqdor (oyiga 1 ta avtomobil uchun, so‘mda) |
| Yengil avtomobil (yo‘lovchi va bagaj tashish uchun; haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda o‘rinlar soni 8 tadan ko‘p emas) | 918 000 |
| Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari | 1 824 000 |
Misollar:
Jismoniy shaxs Toshkentda 100 kv.m turar joyni oyiga 3 mln so‘mga ijaraga beradi.
Bunda 1 kv.m ijara narxi 30 000 so‘mni tashkil etadi (3 mln so‘m / 100 kv.m).
Bu holda jismoniy shaxs jismoniy shaxslar daromad solig‘ini 12% miqdorida 5,7 mln so‘m summasidan hisoblaydi (57 000 so‘m x 100 kv.m).
Yuridik shaxs Toshkentda 100 kv.m noturar joyni 19 mln so‘mga, QQS 12% bilan ijaraga beradi.
Bunda 1 kv.m ijara narxi 169 642 so‘mni tashkil etadi (QQSsiz 19 mln / 100 kv.m).
Bu holda yuridik shaxs soliq bazasiga 16 964 200 so‘mni qo‘shadi (169 642 so‘m x 100 kv.m).
E’tibor bering:
- Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olishning maxsus tartibi mavjud. Ro‘yxatga olish tartibi bilan bu yerda tanishish mumkin.
- Jismoniy shaxs boshqa jismoniy shaxs bilan ijara shartnomasi tuzganida, soliqni arendator to‘laydi. Jismoniy shaxs va yuridik shaxs o‘rtasida shartnoma tuzilganda, soliq to‘lash majburiyati yuridik shaxs zimmasiga yuklatiladi, ya’ni yuridik shaxs soliqni to‘laydi va ijara summasidan ushlab qoladi.