Ish haqini hisoblab chiqish (Payroll)
Xalqaro amaliyotda oylik maoshni hisoblash sohasini, xususan 70 foiz Amerika va Yevropa kompaniyalari allaqachon autsorsing (payroll) zimmasiga yuklab qo‘yganlar.
Oylik maoshlarni hisoblash ishini kichik korxonalarda, odatdagidek bosh (aslida yagona) buxgalter yoki ish haqi hisob-kitobini olib boradigan buxgalter amalga oshiradi, yirik xolding tizimida buning uchun alohida bo‘lim tashkil etiladi.
Biroq o‘rta va yirik biznesga mansub kompaniyalar oylik maoshlarni xisoblash bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan buxgalterlik kompaniyalariga borgan sari ko‘proq murojaat etmoqdalar (Ya’ni ish haqlarini hisoblash borasida autsorsingga o‘tmoqdalar). Buning bir necha sabablari mavjud.
Birinchidan, ko‘p emas, hatto oylik maoshlarni hisoblaydigan bittagina yaxshi buxgalterni topishning o‘zi qiyin. Ikkinchidan, oylik maoshni hisoblash bo‘limi buxgalteriyaning boshqa bo‘limlari bilan juda ham bog‘liq emas, shu bois uni ajratish va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar xizmatiga berib yuborish oppa-oson. Uchinchidan, qonunlarning yaratuvchilari oylik maoshlarni hisoblab chiqishga, ish haqidan olinadigan soliqlarni hisoblashga har doim u yoki bu o‘zgarishlarni kiritib turadilar, to‘rtinchidan ko‘plab kompaniyalar ish haqi borasidagi hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni imkon qadar oshkor etmaslikka harakat qilishadi. Shuning uchun ham ish haqini hisoblash bo‘yicha xizmatlarni shu sohadagi mutaxassislarga topshirishni, ya’ni ish haqini hisoblash bo‘yicha autsorsingga o‘tishni ma’qul ko‘rishmoqda.
Milliy kompaniyalar autsorsing kompaniyalariga asosan quyidagi holatlarda murojaat etmoqdalar, agar:
- kompaniya bozorga endigina chiqqanda, asosiy biznes-jarayonlarni olib borish, nazorat etuvchi organlar bilan muloqot qilish borasida hali tajribasi bo‘lmagan paytlarda;
- kichik korxonalarning buxgalteriya tashkil etishi va shtatda bunday kadr saqlashi maqsadga muvofiq bo‘lmaganda;
- filiallari (vakolatxonalari) katta hududning turli tomonlarida joylashgan holda;
- oylik maoshni hisoblash murakkab tizimda olib borilganda.
Xodimlar oylik ish haqlarini hisob-kitobini tashkil etishda autsorsingning quyidagi afzalliklarini esdan chiqarmaslik kerak:
- agar kompaniya aylanmalari, shunga muvofiq xodimlar soni ham kamaygan hollarda xizmat narxi ham shunga proporsional tarzda pasayadi;
- buxgalterlarning malakasini oshirishga, ularni vaqtli professional adabiyotlar bilan ta’minlashga zarurat bo‘lmaydi;
- mehnatga haq to‘lash va xodim uchun ish o‘rnini ushlab turish, unga ta’til puli, kasallik varaqasi va boshqa ijtimoiy to‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi;
- hisob-kitob tizimini sotib olish va uni saqlab turish xarajatlari qisqaradi:
- agar buxgalter kasal bo‘lib qolsa yoki ta’tilga chiqsa har doim kompaniya uning ishini davom ettirishni boshqa xodimga topshiradi;
- ijrochi kompaniya ishning sifatli bajarilishi uchun moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
”Ish haqi” bo‘limidagi hisob-kitoblar quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- shtatdagi va shtatdan tashqaridagi xodimlarning ish haqlari barcha omillarni ko‘zda tutgan holda hisoblab chiqiladi:
- kasallik varaqasi uchun to‘lovlar;
- bola tarbiyasi bilan band bo‘lganlar uchun to‘lovlar;
- mehnat ta’tilidagilar uchun to‘lovlar;
- soliqlar va oylik maoshdan ushlab qolinadigan boshqa to‘lovlarni hisoblab chiqish, mehnatga haq to‘lash fondi (MHTF) ijtimoiy badallarini hisoblash;
- hisobot hujjatlari – hisob-kitob vedomostlarini, ish vaqtini hisobga olish tabelini, ish haqini tarqatish vedomostini tayyorlash;
- soliq to‘lovlarini shakllashtirish va topshirish;
- vaqti-vaqti bilan soliq inspeksiyasida ma’lumotlarni solishtirish;
Bizning mutaxassislarimiz, ekspertlarning ko‘p yillik tajribalari shundan dalolat beradiki, ish haqi hisob-kitoblarini ishlab chiqish, hisobotlarni tayyorlash va topshirish, oylik maoshdan olinadigan soliqlarni to‘g‘ri hisoblash, oylik ish haqi hisob-kitoblaridagi xatolarni bartaraf etish singari vazifalarni mustaqil (tegishli tayyorgarliklarsiz) hal etish g‘oyat mushkul. Bularning hammasi uchun yuqori malaka, maxsus axborot (hisob-kitob) tuzilmasi (dasturlar), barcha me’yoriy hujjatlar va qonunchilik aktlarini bilish va ko‘plab vaqt talab etiladi. Shuning uchun ham siz buxgalteriyaning mazkur yo‘nalishi oqsayotganini sezganingiz zahoti, hisob-kitobning bu yo‘nalishini, yaxshisi autsorsing kompaniyasiga topshirganingiz ma’qul.
Oylik ish haqini hisoblash bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan kompaniya (payroll) bilan shartnoma imzolab, Siz noto‘g‘ri hisob-kitob tavakkalchiligini nazorat etuvchi organlar tomonidan kamchiliklar aniqlanganda belgilanadigan jarima va peniyalarni o‘z hisobidan to‘laydigan autsorser-kompaniya zimmasiga yuklagan bo‘lasiz.
O‘zga tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ish haqi hisob-kitoblari Sizga mehnat shartnomalari shartlarining maxfiyligini ta’minlash imkonini beradi. Ma’lumotlardan hatto Sizning buxgalteriyangizning xodimlari ham xabar topa olmaydilar.
Avtosorsing tashkiloti mutaxassislari siz uchun benazir yordamchiga aylanadi: siz ulardan o‘zingizni qiziqtirgan har qanday masalalar bo‘yicha yordamlar, tavsiyalar va maslahatlar olishingiz mumkin.
Soliq hisobotlar, Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish
Ko‘p so‘raladigan savollar (FAQ)
1. Ish haqi hisobi va kadrlar ishini yuritish xizmati kimlarga mos keladi?
Bu xizmat ish haqini aniq hisoblab borishni, kadrlar bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishni va xodimlarning daromadlari haqidagi ma’lumotlar maxfiyligini saqlashni istagan kompaniyalarga mos keladi.
Ish haqi hisobini autsorsingga topshirish, ayniqsa, maoshlarni oshkor qilmaslik siyosatiga amal qiluvchi xorijiy kompaniyalar, vakolatxonalar va tashkilotlar orasida talabgir. Bunday kompaniyalarda xodimlarning daromadlari haqidagi ma’lumotlardan faqat cheklangan doiradagi shaxslargina foydalana olishi kerak. Ish haqi hisob-kitobini mustaqil buxgalteriya kompaniyasiga topshirish maxfiylik talablariga rioya qilish hamda kompaniya xodimlarining o‘z hamkasblari maoshlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
Bu xizmat xodimlarning ish haqi, mukofot pullari, ta’til pullari, kasallik nafaqalari, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hisoblashni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, biz soliqlar va ijtimoiy to‘lovlarni hisoblaymiz, to‘lov vedomostlari va zarur hisobotlarni tayyorlaymiz.
Hisob-kitob qilishda mehnat shartnomasi shartlari, kompaniyaning ichki hujjatlari va qonunchilik talablari inobatga olinadi.
Ha. Buxgalteriya hisobining qolgan qismlarini shtatdagi buxgalteringiz yoki boshqa buxgalteriya kompaniyasi yuritayotgan bo‘lsa ham, ish haqi hisobi va kadrlar ishini yuritishni alohida bizga topshirishingiz mumkin.
Ish haqini hisoblash uchun xodimlarning maoshlari, ular amalda ishlagan vaqt, mukofot pullari, ta’tillar, kasallik varaqalari, xizmat safarlari, ushlanmalar va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur. Aniq ro‘yxat kompaniyadagi mehnatga haq to‘lash tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.
Ha. Biz ish haqini hisoblash bilan birga kadrlar hisobini ham yuritamiz. Xizmat doirasiga mehnat shartnomalarini, ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqlarni tayyorlash, ta’tillar, xizmat safarlari va kadrlar bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish kiradi.
6. Ish haqi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaysizmi?
Ha. Biz ish haqi va xodimlarga to‘lanadigan to‘lovlar bilan bog‘liq soliq hisobotlarini tayyorlaymiz va topshiramiz, shuningdek, soliq idoralari bilan solishtiruv o‘tkazamiz.
7. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi qanday ta’minlanadi?
Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan faqat hisob-kitoblar bilan bevosita shug‘ullanadigan mutaxassislar foydalana oladi. Bu kompaniya xodimlarining o‘z hamkasblari maoshlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishini cheklash va moliyaviy axborot maxfiyligini saqlash imkonini beradi.
8. Xato va jarimalar uchun kim javobgar bo‘ladi?
Agar xatolikka Yaran Consulting aybi bilan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz hamda yuzaga kelgan jarima va penyalarni to‘laymiz.
Agar xatolik mijoz hujjatlarni taqdim etmagani, muhim ma’lumotni yashirgani yoki noto‘g‘ri ma’lumot bergani tufayli yuzaga kelsa, javobgarlik va xarajatlar mijozning zimmasida bo‘ladi. Axborot taqdim etish tartibi va tomonlarning javobgarlik taqsimoti shartnomada qayd etib qo‘yiladi.
9. Ish haqi hisob-kitobi autsorsingi kichik biznes uchun to‘g‘ri keladimi?
Ha. Kichik biznesga ish haqi hisob-kitobi va kadrlar hisobini yuritish bo‘yicha alohida mutaxassislarni yollash ko‘pincha foyda keltirmaydi. Autsorsing qo‘shimcha ish o‘rinlari, xodimlarni o‘qitish, ta’til pullari va kasallik nafaqalari uchun xarajat qilmasdan, professional xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
10. Ish haqi hisob-kitobi va kadrlar hisobini yuritish qancha turadi?
Narx xodimlar soni, mehnatga haq to‘lash tizimi, kadrlar hujjatlari hajmi va hisob-kitoblarning murakkabligiga bog‘liq. Masalan, narxga mukofot pullari, kasallik varaqalari, ta’tillar, xizmat safarlari, kompensatsiyalar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarning mavjudligi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.