O‘zbekistonda 2026 yilda naqd to‘lovlarni qisqartirish

2025 yil 10.12.2025 dagi UP №246 ga asosan, naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish maqsadida yangi qoidalar joriy etiladi.

Belgilanishicha, 2026 yil 1 apreldan boshlab quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

(a) davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
(b) elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar (bundan bank kassalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar mustasno);
(v) alkogol va tamaki mahsulotlari;
(g) transport vositalariga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transport vositalarini zaryadlash bo‘yicha xizmatlar;
(d) qiymati 25 million so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar (bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mustasno);
(j) ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga o‘n yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish. Bunda:
(i) oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar bank va notarial organlarning axborot tizimlari o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi orqali amalga oshiriladi (bundan bank kassalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar mustasno);
(ii) shartnomalarni notarial tartibda rasmiylashtirish uchun tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari tomonidan elektron axborot almashinuvi vositasida to‘lovni tasdiqlovchi ma’lumotlar asos bo‘ladi.

Markaziy bank 2026 yil 1 yanvarga qadar barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR kodni joriy qilsin.

Bunda 2026 yil 1 iyuldan boshlab:
(i) barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslarda yagona QR kodli to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish ham majburiy etib belgilanadi;
(ii) yagona QR kodlardan foydalanilmaganligi savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar