Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash

2025 yil 14.02.25 dagi PP №61 ga asosan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar kiritilgan. 2025 yil noyabr oyida PP №61 yangilandi, yangi preferensiyalar taqdim etildi.

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “O‘zmilliybank” AJning oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:

a) o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari va oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan bitiruvchilar uchun 1-ilovaga muvofiq Dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli banklar) tomonidan biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish; (O‘zR Prezidentining 03.11.2025 y. PQ-328-son Qarori tahriridagi kichik band)
b) oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish. Bunda: (O‘zR Prezidentining 03.11.2025 y. PQ-328-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

  • Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar (keyingi o‘rinlarda — imtiyozli kredit) ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.

Bunda:
(a) imtiyozli kredit tadbirkorlik subyektlariga har bir milliard so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida bir nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi;
(b) imtiyozli kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi;
(v) tadbirkorlik subyekti uning imtiyozli kredit olishiga sabab bo‘lgan bitiruvchi(lar) bilan ikki yil davomida mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan sanadan tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi, bundan ushbu xodim(lar) o‘rniga bir oy muddatda boshqa bitiruvchi(lar) ishga qabul qilingan hollari mustasno.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar