Xorijiy kompaniyalar uchun buxgalterlik xizmatlari O‘zbekistonda
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalarning barchasi, ko‘proq buxgalteriya hisobining autsorsing turini tanlaydilar. Bu – avvalambor, xorijiy kompaniyalarning mahalliy qonunchilikka moslashuvidagi talablari bo‘yicha buxgalterlik kompaniyalarning katta tajribasi borligi tufaylidir.
Yaran Consulting xodimlari turli sohada faoliyat yuritaetgan korxonalar bilan ishlaydilar, mana shuning uchun ham ular O‘zbekistondagi soliqqa tortish, hujjatlarni yuritish, davlat ma’muriyatchiligining o‘ziga xos jihatlarini tez, oson va ravon tarzda tushuntirib berishlari mumkin. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xorijiy firma vakillari biz bilan ishlashni qulay deb hisoblashadi.
Xorijiy kapital bilan ishlaydigan kompaniyalar, odatda qanday buxgalterlik xizmatlarini tanlaydilar?
• to‘liq buxgalterlik hisobotini yuritish: hujjatlarni aylanmasini, soliq hisobotlarini tuzishni, kadrlar hisoboti va boshqalarni to‘liq olib borishni;
• Pay Roll – kadrlar hisobini va ish haqini hisoblab chiqishni. Ko‘pincha, xorijiy kompaniyalar buxgalterlik kompaniyalari bilan ishlash qanchalik qulay ekanligini aniqlab olish uchun dastlab, autsorsingga ba’zi qismlarni taqdim etadilar;
• ta’sischilar odatda o‘zlari o‘rgangan va qulay shakllarda axborot olishlari uchun moliya va soliq hisobotlarini asosiy tayanch firma standartlariga o‘tkazishni;
• soliqqa tortish, xorijiy kapital bilan ishlayotgan korxona uchun soliq imtiyozlari, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha maslahatlar.
O‘zbekistonda soliq qonunchiligi birmuncha murakkab, xorijiy yuridik shaxs, shubhasiz soliq tavakkalchiliklarisiz, shaffof hisob-kitob olib borishni xohlaydi.
Bizning kompaniya bilan ishlashning afzalliklaridan biri – keng hamkorlik tarmog‘idir. Ekspertlik xizmati sohasidagi 12 yillik faoliyatimiz davomida biz sifatli professional xizmatlar taqdim etgan kompaniyalar bilan do‘stona hamkorlik munosabatlarini shakllantirdik. Shuning uchun ham mijozlarimizga marketing agentligi, huquqshunoslar, tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassislari va boshqa hamkorlarni tavsiya qilishimiz mumkin.
Va, shubhasiz, xorijiy investisiya bilan ishlaydigan korxonalarning bizning kompaniya foydasiga eng asosiy dalil – mas’uliyat va javobgarlikning bo‘linishidir.
Biznesini boshqa mamlakatda boshlagan har bir kompaniya moliyaviy hisobot haqida bosh qotiradi.
Xorijiy firma Yaran Consulting bilan shartnoma imzolar ekan autsorsing kompaniyasi qay holatlarda xatolar va kamomadlar bo‘yicha moliyaviy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini aniq biladi.
Vazifalarning samarali taqsimlanishi, ichki nazorat tizimining mavjudligi xatolar va kamomad holatlarining keskin kamayishiga olib keladi, buxgalterlarning professional jamoasi esa xorijiy kompaniyalar o‘zlarini har taraflama yaxshi his etishlariga imkoniyat yaratish uchun mijozlarining muammolarini tezkorlik bilan hal etadilar.
Biznesingizga g‘amxo‘rlik qilishni bizga ishonib topshiring!
Soliq hisobotlar, Ish haqini hisoblash xizmatiga, Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish
Ko‘p so‘raladigan savollar (FAQ)
1. Yaran Consulting bilan qaysi xorijiy kompaniyalar ishlaydi?
Biz iqtisodiyotning turli sohalaridagi xorijiy kompaniyalarga, vakolatxonalarga hamda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga xizmat ko‘rsatamiz. Bugungi kunda mijozlarimizning qariyb 40 foizini O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan, xorijiy sarmoya ishtirokidagi kompaniyalar tashkil etadi. Shu sababli biz xorijiy investorlarning vazifalarini va bosh ofislar bilan o‘zaro hamkorlik qilish xususiyatlarini yaxshi tushunamiz.
2. Nima uchun xorijiy kompaniyalar buxgalteriya autsorsingini tanlaydi?
Yangi bozorga kirayotganda mahalliy qonunchilikni tezda o‘rganish va soliq xatarlarining oldini olish muhim. Autsorsing O‘zbekiston qonunchiligi talablarini biladigan, hisobot topshirish muddatlarini nazorat qiladigan hamda kompaniyaning xotirjam va shaffof ishlashiga yordam beradigan mutaxassislar jamoasini jalb qilish imkonini beradi.
3. Xorijiy kompaniyaga buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish nimalarni o‘z ichiga oladi?
Biz buxgalteriya va soliq hisobini yuritamiz, hisobotlarni tayyorlab topshiramiz, ish haqini hisoblaymiz, kadrlar hisobini yuritamiz, soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahatlar beramiz, tekshiruvlarda hamrohlik qilamiz hamda kompaniya faoliyatida yuzaga keladigan joriy masalalarni hal etishga yordamlashamiz.
4. Bosh ofis bilan aloqa o‘rnatishga yordam berasizmi?
Ha. Zarurat tug‘ilganda, biz moliyaviy va soliq ma’lumotlarini bosh kompaniya uchun qulay formatda tayyorlaymiz, O‘zbekiston qonunchiligining o‘ziga xos jihatlarini tushuntiramiz hamda mahalliy ofis va xorijiy mulkdorlar o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatishga yordam beramiz.
5. Bizda O‘zbekiston qonunchiligini biladigan xodimlar yo‘q. Bu borada yordam bera olasizmi?
Ha. O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan aksariyat xorijiy kompaniyalar aynan shunday vaziyatga duch keladi.
Biz buxgalteriya va soliq hisobini o‘z zimmamizga olamiz, qonunchilik talablarini oddiy tilda tushuntiramiz, muhim o‘zgarishlar haqida ogohlantiramiz va ish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal qilishga yordam beramiz. Mahalliy me’yorlarni mustaqil o‘rganishingiz yoki ayrim masalalarni hal qilish uchun turli mutaxassislarni izlashingiz shart emas.
6. Xatolar uchun kim javobgar bo‘ladi?
Agar xatoga Yaran Consulting aybi bilan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, biz javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz va yuzaga kelgan jarima va peniyalarni to‘laymiz.
Agar xatolik mijoz tomonidan hujjatlar taqdim etilmagani yoki ishonchsiz ma’lumot berilgani tufayli yuzaga kelsa, javobgarlik mijozning zimmasida qoladi. Javobgarlikni taqsimlash tartibi shartnomada belgilanadi.
7. Sizga buxgalteriya vazifalarining faqat bir qismini topshirsak bo‘ladimi?
Ha. Ko‘plab xorijiy kompaniyalar hamkorlikni hisobning ayrim qismlarini, masalan, ish haqini hisoblash (Payroll), kadrlar hisobi yoki hisobotlarni tayyorlashni topshirishdan boshlaydi. Biznes rivojlanib borgani sari xizmatlar ko‘lamini kengaytirish mumkin.
8. Yaran Consulting boshqa buxgalteriya kompaniyalaridan nimasi bilan farq qiladi?
Biz faqat hisobot tayyorlash bilangina cheklanib qolmaymiz. Bizning vazifamiz — xorijiy kompaniyaga bosh ofis talablarini O‘zbekiston qonunchiligiga moslashtirishda ko‘maklashish, soliq xatarlarining oldini olish va mahalliy bozorda ishonchli hamkorga aylanishdir.
Yillar davomida biz xorijiy kompaniyalarga hamrohlik qilish bo‘yicha katta tajriba to‘pladik. Shu bois nafaqat qonunchilik talablarini, balki xorijiy mulkdorlarning hisob-kitob sifati, shaffoflik va aloqa tezligiga doir umidlarini ham yaxshi tushunamiz. Bundan tashqari, keng hamkorlik tarmog‘imiz tufayli O‘zbekistonda biznes yuritish uchun zarur bo‘lgan, o‘zini oqlagan huquqshunoslar, auditorlar, tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha mutaxassislar va boshqa ekspertlarni tavsiya qila olamiz.
9. Nima uchun xorijiy kompaniyalarga Yaran Consulting bilan ishlash foydali?
Yangi bozorga kirish doim noaniqliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bizning vazifamiz — buxgalteriya va soliq hisobini biznes egalari uchun tushunarli, shaffof va xavfsiz holga keltirishdir.
Biz mijozga nafaqat hisobotlarni tayyorlashda, balki kundalik ishlarda ham hamrohlik qilamiz: yuzaga keladigan savollar bo‘yicha maslahat beramiz, qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilamiz, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam beramiz va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishonchli sherik bo‘lib qolamiz.