Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliqdagi 2023 yildagi o‘zgarishlar

Ijtimoiy soliq

Yakka tartibdagi  tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan  jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq oyiga BHM ning 50 foizidan  yiliga  BHMning 1 baravarigacha qisqartirildi. (Savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar bundan mustasno).

Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan  daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdori  10 foizga ideksasiya qilindi.

Aylanma solig‘i

  • Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning barcha toifalari uchun 4 foiz miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda unifikasiya qilindi.
  • 2023 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy ravishda qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni tanlashga haqli. Bunda jami daromad summasi 500 million so‘mdan oshmaganda yiliga 20 million so‘m qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni, jami daromad summasi 500 million so‘mdan oshganda esa yiliga  ularga 30 million so‘m to‘lashni tanlash huquqi berilmoqda.

Qat’iy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar’ oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay to‘lanadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

2023 yilning 1 yanvaridan soliq stavkasi  15 foizdan  12 foizgacha pasaytirilmoqda.

Foyda solig‘i

  • 2022 yil 1 noyabrdan boshlab tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizasiya qilishdan olingan foydaga, eksportdan olingan daromadning jami daromaddagi ulushidan qat’iy nazar, 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
  • Soliq to‘lovchilarning  quyidagi toifalari uchun foyda solig‘i stavkasini  50 foizga  pasaytirish huquqi berilmoqda:

         a)  2022 yil 1 sentyabrdan keyin birinchi marta foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan AOS to‘lovchilarga – soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bitta soliq davri davomida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa.

Bunda mazkur soliq to‘lovchilar soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilashga haqli.

Misol. Soliq to‘lovchi foyda solig‘ini to‘lashga 2022 yil 1 oktyabrdan (ya’ni 2022 yil 1 sentyabrdan keyin) o‘tdi. Bu holda soliq to‘lovchi 2023 yil davomida (1 yil) ya’ni 2023 yilda uning umumiy daromadi  10 mlrd  so‘mdan oshmagani sababli 7,5 foizli stavka bo‘yicha soliq to‘lashga haqli.

      b) 2022 yil 1 sentyabrdan keyin joriy soliq davri davomida jami daromadi ilk bor 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga – basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrlarida jami daromad 100 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, joriy soliq davri va keyingi soliq davri davomida shunday huquq beriladi.

Misol. Soliq to‘lovchining umumiy daromadi  2023 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha  birinchi marta 10 mlrd so‘mdan oshdi. Soliq to‘lovchi uning umumiy daromadi 2023 yoki 2034 yilda 100 mlrd so‘mdan  oshib ketmasa  2023 yil uchun 7,5 stavkani qo‘llagan holda foyda solig‘ini to‘laydi va pasaytirilgan (7,5%) stavkada 2024 yil uchun ham (2 yil) shu soliqni to‘laydi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar